Fanlar kesimida o‘tkaziladigan sho‘ba yig‘ilishlari uchun tavsiyalar Geografiya
Блог им. nigorcha
Geografiya fanini zamon talablari darajasida o‘qitish, darsning sifat va samaradorligini hamda o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish har bir o‘qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bunda o‘qituvchining ilg‘or peda¬gogik usullar, axborot-komunikatsiya texno¬logiyalari, internet tarmoq va boshqa zamonaviy vositalardan samarali foydalana olish malakasi muhim o‘ringa ega. Ana shulardan kelib chiqqan holda an’anaviy Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida o‘qituvchilarga darsda qo‘llaniladigan usullar va vositalarni tanlashda dars mavzulari mazmunidan hamda fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish, murakkab mavzularni o‘qitishda e’ti¬bor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, ilg‘or pedagogik texno¬logiyalarning turli usullari (element¬lari)dan o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish yuzasidan yo‘riqnomalar berish tavsiya etiladi.